Xarri Keyn yosh hujumchini qo‘rqityapti
“Lill” hujumchisi Viktor Osimxenning agenti Ariyo Igbailola mijozi “Tottenxem”ga o‘tmasligini ma’lum qildi.
- Xarri Keyn “Tottenxem”da o‘ynar ekan Viktor u erga bormaydi. Keyn “Tottenxem”dagi birinchi raqamli hujumchi, Angliya terma jamoasi sardori. Bu uning foydasiga, Viktorning esa zarariga ishlaydigan omil, - dedi agent.
Ariyoning aytishicha, Osimxenga doimiy o‘yin amaliyotini kafolatlaydigan jamoa kerak. Ayni paytda 21 yoshli nigeriyalik futbolchida “Arsenal” varianti ham bor.

Fikrlar