"Tottenxem" Serj Ore bilan shartnomani bekor qildi

  • 1 sentabr, 2021, 12:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi matbuot xizmati Kot-d'Ivuar terma jamoasi himoyachisi Serj Ore bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishgan. Shu tariqa futbolchi erkin agentga aylandi va istagan jamoasiga tekinga o‘tishi mumkin.

28 yoshli Ore 2017 yildan buyon "Tottenxem"da o‘ynab kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “shporlar” safida 110 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 gol urdi va 17 golga uzatmaga mualliflik qildi.

Serj Ore ilgari "Lens", "Tuluza" va PSJ jamoalarida o‘ynagan. U Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida 69 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!