
"Tottenxem" so‘nggi 22 yilda ilk bor 2 ta o‘yinda 10 ta gol o‘tkazib yubordi
Xabaringiz bor bugun “Tottenxem” Angliya premer-ligasining 8-turida safarda “Brayton”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, “shporlar” joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turida o‘z maydonida “Bavariya”ga 2:7 hisobida yutqazib qo‘yishgan edi.
E’tiborlisi, “Tottenxem” 1997 yildan buyon ilk bor 2ta o‘yinda o‘z darvozasidan 10 ta gol olib chiqdi. Bundan 22 yil oldin londonliklar «Chelsi» (1:6) va «Koventri» (0:4) klublariga yirik hisobda yutqazishgan edi.
Fikrlar