"Tottenxem" yirik transferni hal qildi

  • 8 avgust, 2021, 17:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

The Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Tottenxem” 23 yoshli argentinalik futbolchining transferi masalasida “neradzurrilar” bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Martines uchun “shporlar” A Seriya chempioniga 60 mln funt to‘laydi.

Lautaro “Tottenxem”da Xarri Keyn bilan juftlikda o‘ynashi kutilmoqda. Ammo so‘nggi paytlarda Keynning jamoadan ketishi mumkinligi haqida ham xabarlar avj olgan.

Martines o‘tgan mavsum A Seriyada jami 38 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvda o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!