"Tottenxem"da mojaro tugamaydimi?
“Tottenxem”ning sobiq futbolchisi Jermeyn Jenas jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino va mashhur futbolchi Dele Alli o‘rtasidagi mojaroga echim yo‘qligini ta’kidladi.
- Ularning yarashib ketishiga ishonmayman. Ularning yo‘li ayrilgan. Joze nimaiki qilsa, shov-shuv va e’tibor uchun qiladi. Bungacha hamma murabbiylar Allini yaxshi ko‘rardi. Mourino kelganidan buyon u sport formasini yo‘qotdi. Hozir Alli klubdan ketishi haqida o‘ylashi kerak. Chunki u Angliya terma jamoasi safida Evropa chempionatida to‘p surishni istamoqda. Buning uchun maydonda ishonchli o‘ynab, gollar urish kerak. Mourinoning “Tottenxem”ida bu endi imkonsiz, - dedi Jermeyn Jenas.
Joze Mourino borgan jamoasida yulduz futbolchilar bilan janjallashishi odatiy holga aylangan. Avvaliga “Tottenxem”ning eng qimmat futbolchisi Tangi Ndombele bilan kelisha olmay qolgan portugaliyalik mutaxassis endi Dele Allini chiqishtirmayapti.
Fikrlar