
"Tottenxem"ga "Real" yarim himoyachisi kerak!
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalosga Angliya premer-ligasining yana bir grandi qiziqib qoldi. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, Londonning "Tottenxem" klubi 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Bitim summasi 20 million evroni tashkil qilishi mumkin. Sebalosning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan.
Dani uchun Angliya chempionati begona emas. 2019 yildan 2021 yilgacha yarim himoyachi Londonning "Arsenal" klubida ijara asosida o‘ynagan.
Avvalroq matbuotda ispaniyalik futbolchiga "Aston Villa" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar