Transfer mojarosi bartaraf etilgan. Jaloliddinov debyutini qachon ko‘ramiz?

  • 30 avgust, 2020, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi oltinchi turining markaziy uchrashuvida vitse-chempioni – Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida amaldagi chempion “Zenit”ni qabul qiladi.

Tecno

Ushbu uchrashuvda peshqadamlik masalasi hal qilinadi. Agar mehmonlar g‘alaba qozonsa, Oston O‘runovning jamoasi – “Spartak”dan birinchi o‘rinni qaytarib oladi.

Biroq, “Lokomotiv” o‘z maydonida faqat g‘alaba uchun o‘ynaydi. Boshqa chorasi ham yo‘q. Marko Nikolich shogirdlari o‘tgan gal o‘z maydonida kutilmaganda “Axmat” jamoasiga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ygan.  Endi mamlakatning eng kuchli jamoasini engib, muxlislar ishonchini qaytarish lozim. Qolaversa, “Lokomotiv” hozircha etti ochko bilan o‘ninchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etishni maqsad qilgan jamoa uchun musobaqa jadvalining o‘rta qismi butunlay begona bo‘lishi kerak. Vaziyatni o‘nglamasa bo‘lmaydigan holat.

O‘tgan yilgi natijalar bo‘yicha ijobiy statistika “Lokomotiv” foydasiga hal bo‘lgan. Moskvaliklar o‘z maydonida 1:0 hisobida zafar quchib, raqib maydonida gol urilmagan uchrashuvdan bir ochko bilan qaytgan.

Ushbu uchrashuvning o‘zbekistonlik muxlislarga ahamiyatli tomoni Jasur Jaloliddinov bilan bog‘liq.

“Lokomotiv” o‘zbek futbolchisining transferi bo‘yicha kutilmaganda yuzaga kelgan muammoni bartaraf etmagunicha hamyurtimizning xizmatlaridan foydalana olmay kelayotgan edi. Ushbu muammo O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati transferning barcha qoidalarga amal qilinganiga shubha bildirgani uchun surishtiruv o‘tkazilishi lozimligi aytilganidan keyin vujudga keldi.

orig_4

“Lokomotiv” va “Bunyodkor” bu transfer bo‘yicha barcha tushunmovchiliklarga barham berdi va moskvaliklar kuni kecha Jasur Jaloliddinovni Rossiya premer-ligasida qaydnomadan o‘tkazdi. Rossiya premer-ligasida joriy qilingan qoidaga binoan, bir jamoa tarkibida 8 nafardan ortiq legioner ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. “Temiryo‘lchilar” limit ichidagi so‘nggi bo‘sh joyni aynan o‘zbekistonlik legioner uchun saqlab turgani bosh murabbiy Marko Nikolich mavsum davomida Jasur Jaloliddinovdan foydalanishni ko‘zlayotganidan darak beradi.        

Ayni paytda 18 yoshli legionerimiz Jasur Jaloliddinov Rossiya premer-ligasida to‘p surish huquqiga ega. Buyog‘iga futbolchimizning murabbiylar shtabi ishonchini qozonib, o‘yinda ishtirok etishga loyiqligini isbotlashi qoldi. Biz esa kutilgan debyut bugun nishonlanishi tarafdorimiz!

Jasur Jaloliddinov premer-ligada to‘p surish huquqiga ega bo‘ldi

Miranchuk Italiyaga ketyapti. Endi Jaloliddinovga joy ochiladimi?

Jaloliddinov transferi mashmashasi Rossiyada ham aks sado bermoqda. Agent bor gapni aytdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!