Transfer yaqin: Ronaldu superklub mutasaddilari bilan uchrashdi!

  • 15 noyabr, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati bilan ziddiyatga borib qolgan Krishtianu Ronaldu yanvarda boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, 37 yoshli yulduz faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi kutilmoqda.

Manbada keltirilishicha, Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh “Bavariya” mutasaddilari bilan uchrashib, transfer masalalarini muhokama qilgan. Mutaxassislar Myunxen superklubida ham Ronalduga qiziqish katta.

“Bavariya” Robert Levandovski ketganidan keyin ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.

Ronalduning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Biroq, futbolchining agentlari “Manchester Yunayted” bilan kelishuvni bekor qilish bo‘yicha ish boshladi. Ronaldu yanvargacha erkin agentga aylanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!