Trevor Smit - Mahmud Murodov jangi oldidan qiziqarli faktlar va ma’lumotlar

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, UFC bilan shartnomaga ega bo‘lgan yagona o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov 8 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini Trevor Smitga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

UFC doirasida ikkinchi jangini o‘tkazuvchi Murodov o‘zining dastlabki jangida italiyalik Alessio Di Kiriko (12−4) ni mag‘lub etgan edi.

gdaPqy15733239760839_b

Murodov Smitga qarshi oktagonga ko‘tariladigan "UFC on ESPN 7" turnirining asosiy jangida tajribali va mashxur Alistar Overim (45-17) Jairzino Rozenstruyk (9-0) ga qarshi bellashadi. Overim MMAning eng ko‘p gonorar oluvchi jangchilari ro‘yxatida Makgregordan keyin, ikkinchi o‘rinda turadi.

Murodovga raqibliklik qiladigan 38 yoshli Smit faoliyati davomida 15 bor g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 4 tasida mag‘lubiyatga uchragan. E’tiborli tomoni, Smit so‘nggi 4 ta jangining 3 tasida yutqazgan.

Dastlab, Endryu Sanches (8-2), keyinchalik Elias Teodoru (14-2) ga va so‘nggi bor shu yilning boshlarida Zak Kammings (21-6) ga imkoniyatni boy bergan.

"UFC on ESPN 7" AQShning Vashington shtatida bo‘lib o‘tadi. Qizig‘i Murodovning raqibi aynan ushbu shtatda mashg‘ulotlar o‘tkazadi va jang davomida Smitni qo‘llab-quvvatlovchilar soni ko‘pchilikni tashkil etishi kutilmoqda.

009_Trevor_Smith.1405701578.0

Tapology.com saytining so‘rovnomasiga ko‘ra, muxlislarning 91% qismi Murodovning g‘alabasiga ishonch bildirgan va yana 9 % qismi Smitga. So‘rovnomada umumiy 781 ta ovoz berilgan.

Ushbu saytning o‘rta vazn toifasidagi (-84 kg) reytingida Mahmud Murodov avvalgi raqibi Alessio Di Kirikodan bir pog‘ona yuqorida, 36-o‘rinda qayd etilgan. Smit esa hamyurtimizdan ikki barobar pastki pog‘onadan ya’ni 72-o‘rindan joy egallab turipti. Reytingni eng yuqori, birinchi pog‘onasida Isroil Adesanya qayd etilgan.

makhmud-muradov-alessio-di-chirico-ufc-copenhagen-2

Mahmud Murodovga to‘xtaladigan bo‘lsak, u faoliyatini 2012 yilda boshlagan. XFN, NW va Oktagon MMA tashkilotlaridagi janglari bilan mashxurlikka erishgan. Murodov 2019 yili UFC bilan shartnoma imzoladi. 29 yoshli jangchi unchalik mashxur bo‘lmagan K1EL promousheni homiyligida debyutini boshlagan. O‘tgan 7 yil davomida hamyurtimiz 22 ta g‘alabaga erishgan va 6 ta mag‘lubiyatga uchragan. O‘rta vazn toifasida bellashuvchi jangchimiz shu yilning o‘zida 3 bor oktagonga ko‘tarilishga ulgurdi.

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘zining "Instagram" tarmog‘i orqali Mahmud Murodovning suratini joylab, MMAning eng zo‘r jangchisi, deb yozdi. Shundan so‘ng, Murodovning mashxurligi yanada ommalashib ketdi. Hattoki, UFCning mashxur a’zolaridan biri Donald Serrone shunday izoh qoldirgan: "Men bu yigitni adabini beraman."

O‘z navbatida, Murodov ham javob qaytargan: "Urinib ko‘r!"

5cdeeba3d059e44438b70200-277952

Murodovning mashxurligi borasida, uning agenti Lyusen Bakos shunday degan: "Mahmud Murodov Chexiyaning haqiqiy yulduzi. U eng katta arenalarda 5 minglab chiptalarning sotilishiga sababchi. Eng katta arenada, u 17,5 ming muxlisni to‘play olgan. Floyd Meyvezer uning ustozi hisoblanadi, ammo bu haqida boshqa reklama qilmaydi."

Murodov Meyvezer bilan qanday tanishganligi borasida shunday degan: "Biz Chexiyada tanishganmiz. U boks oqshomiga faxriy mehmon sifatida tashrif buyurgan. U meni ko‘rib, bosh barmog‘ini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng, uning menejeri va xavfslizlik xodimlari yonimga kelishgan. Ular mendan janglarimni ko‘rsatishimni so‘rashgan va janglarim Meyvezerda yaxshi taassurot qoldirgan."

3916507_mma-box-floyd-mayweather-xfn-makhmud-muradov-v0

2018 yili O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan Mahmud Murodov, hozirda UFC a’zosi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Murodovning 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan jangidan tashqari, UFC bilan yana 2 ta jang uchun bitimi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
TFT
02/12/2019 21:07
Махмудга омад! Кейинги жангларда ўзидан кучлилар бн курашиб рейтингни ошириш насиб килсин.