
Triatlonchimiz Tarazdagi turnirning absolyut g‘olibiga aylandi
11-12 may kunlari Qozog‘istonning Taraz shahrida triatlon bo‘yicha “TEMIRADAM” kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo mintaqasining ko‘zga ko‘ringan triatlon ustalari o‘z omadini sinab ko‘rdi.
Quvonarlisi, erkaklar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqa hamyurtimiz Andrey Sharipovning g‘alabasi bilan yakunlandi. 30-34 yosh toifasida qatnashgan yurtdoshimiz barcha toifalar hisobi bo‘yicha ham eng yaxshi natijani qayd etib, bosqichning absolyut g‘olibligini ham qo‘lga kiritdi. Batafsil:
Triatlon. “TEMIRADAM” kubogi, 2-bosqich.
Erkaklar, barcha klassifikatsiyalar bo‘yicha.
1. Andrey Sharipov (O‘zbekiston) – 1:03:37
2. Maksim Mazur (Qozog‘iston) – 1:05:20
3. Maksim Mjelskiy (Qozog‘iston) – 1:09:28
Manba: MOQ
Fikrlar