
Turkiya EChL finalidan hali ham umid qilmoqda
Turkiya sport vaziri Mexmet Kasapoglu Chempionlar ligasi finali avval rejalashtirilgani singari Istanbulda o‘tkazilishiga umid qilmoqda.
“Men Chempionlar ligasi finali Istanbulda yuqori saviyada o‘tkazilishiga shubha qilmayman. Ishonchim komil, 17 iyun kuni biz uchun yaxshi yangilik bo‘ladi”, - deydi vazir.
Bundan avvalroq esa EChL finali Lissabonda o‘tkazilishi haqida turli xabarlar tarqalgan edi. 17 iyun kuni UEFA ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va o‘sha kuni final mezboni e’lon qilinadi.
Fikrlar