Turkiya klubi Zidan bilan muzokaralar boshladi
"Fenerbaxche" Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda Sabah Spor X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, frantsiyalik mutaxassis maosh va shartnoma tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar yakunlangach, Turkiyaga keladi.
"Fenerbaxche"ning so‘nggi murabbiyi avgust oyi oxirida iste’foga chiqarilgan Joze Mourino edi.
Zidan "Real"ni 2016-2018 va 2019-2021 yillarda boshqargan. Bu davrda "Qirollik klubi" uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, ikki marta Ispaniya chempioni bo‘ldi va ikki marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar