
Turkiyadagi legionerimiz Superligamizga qaytadi...mi?
O‘tgan yilning avgust oyida “Bunyodkor” klubidan Turkiyaning “Eyyuspor” klubiga transfer qilingan hamyurtimiz Jahongir O‘rozovning keyingi taqdiri qanday kechishi muxlislarni qiziqtirayotgani tabiiy.
Futbolchimiz Arda Turan boshchiligidagi jamoa bilan birga Turkiya Superligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Lekin legionerimizning u erdagi faoliyati mavhum.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, O‘rozovni ortga qaytarish borasida Superligamizning bir qator klublari ish olib bormoqdalar. Agar barcha taxminlar reallikka ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, Jahongir ijara asosida O‘zbekiston chempionatiga qaytishi mumkin. Har xolda voqealar rivoji shunga qarab ketayotgandek. Tez orada himoyachimiz haqida yangilik paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar