"Turon" 19 dekabrdan mashg‘ulotlarni boshlaydi
Sports.uz sayti orqali Superliga ishtirokchilarining yangi mavsum uchun tayyorgarlik rejalarini taqdim etib bormoqdamiz.
Yaqinda “Turon” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bu borada bizga ma’lumot berib o‘tgandi va klubni tark etganlar haqida qo‘shimcha qilganini bilsangiz kerak. O‘z navbatida “Turon” matbuot xizmati jamoani uch nafar legioner tark etganini tasdiqladi. Shu bilan birga yangi mavsum uchun tayyorgarlik bo‘yicha ham xabar berdi va bu orqali ko‘rish mumkinki, biz bergan ma’lumot to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
“Xabaringiz bor, Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi asosiy tarkib jamoamiz vakillariga Toshkentning "Lokomotiv" klubiga qarshi kechgan Coca-Cola Superligaga o‘tish o‘yinidan so‘ng bir oz muddatlik qishki ta’til berilgandi.
Klubimiz murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, jamoamizning navbatdagi yig‘ini 19 dekabr kuni Yaypan shahrida boshlanadi. Shu sanadan boshlab klubimiz qarorgohiga yig‘ilgan futbolchilar bilan jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashg‘ulotlariga kirishiladi.
Jamoamiz murabbiylar shtabida qish mavsumida tashkil etiladigan yig‘inlar mobaynida bir qator yangi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish rejasi mavjud”, - deyiladi xabarda.



Fikrlar