"Turon" uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ularning orasida TsSKA tarbiyalanuvchisi ham bor

  • 24 yanvar, 2022, 22:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligaga qaytgan “Turon” klubi yana katta ishtiyoq bilan Superligaga yo‘lida astoydil ishga kirishgan. Bilasiz, Anvar Berdiev klubda rasman bosh murabbiy sifatida tasdiqlandi.

Tecno

Ayni paytda selektsiya ishlari ham davom ettirilmoqda. Yaqinda Marlen Chobanov bilan kelishuvga erishgan klub yana ayrim yangi o‘yinchilar bilan ham shartnomalar tuzdi.

“Turon” matbuot xizmatining xabar berishicha, Tojikiston yoshlar terma jamoasi a’zosi, hujumkor yarim himoyachi Sharif Rahmatov “Turon” bilan rasmiy shartnomaga imzo chekdi.

turon3_1

Ma’lumot uchun, Sharif Rahmatov 2002 yilda tug‘ilgan, hozirda 19 yoshda. Ampulasi - hujumkor yarim himoyachi. Yosh futbolchi bugunga qadar Tojikistonning "Istiqlol" klubida o‘ynab kelgan. Bundan tashqari, Rahmatov Tojikiston yoshlar terma jamoasiga nomzod futbolchi sanaladi.

Bundan tashqari, Moskvaning TsSKA klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Siyovush Xabibulloev bilan ham rasman shartnoma imzolandi.

turon_2

Siyovush Xabibulloev 2002 yil 11 noyabrda tug‘ilgan, hozirda 19 yoshda. Ampulasi - himoyachi. Yosh futbolchi bugunga qadar Rossiyaning "Sochi", "Krasnodar", shuningdek Tojikistonning "Istiqlol" klublari yoshlar jamoalarida o‘ynagan. Qolaversa, Xabibulloev Rossiya U-17 yoshlar terma jamoasi safida ham maydonga tushgan.

Shu bilan birga yaqinda “Turon” safiga qo‘shilgan himoyachi Xushnud Avilov ham yaypanliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi. O‘tgan mavsumni u “Navbahor”da o‘tkazgandi. “Turon”ga kelguniga qadar Avilov ma’lum muddat “Buxoro”ning yig‘inlarida ham ishtirok etdi. Yakunda futbolchi yangi mavsumni “Turon” safida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!