
Tuxel: “Biz chempion bo‘la olmaymiz. Sababi…"
BBC xabariga ko‘ra, «Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa joriy mavsumda premer-ligada g‘alaba qozona olmasligini aytdi. Gap shundaki, «aristokratlar»da koronavirusga chalingan o‘yinchilar juda ko‘p.
“ Tarkibda yo‘qotishlar juda ko‘p. 7 nafar futbolchi karantinda, yana 6 nafari jarohati sabab, kamida bir yarim oyni o‘tkazib yuboradi. APLda chempionlik uchun kurasha olamiz, deb o‘ylamayman. Bundan tashqari, hakamlarning g‘alati qarorlarini inobatga olish kerak. «Brayton» bilan o‘yinda Pulishichga nisbatan qo‘pollik uchun penalti belgilanmadi", - dedi germaniyalik mutaxasis.
Eslatib o‘tamiz, 20-turdan so‘ng «Chelsi» hisobida 42 ochko bor va jamoa ikkinchi o‘rinda bormoqda, lekin uchinchi o‘rindagi «Liverpul» hisobida 41 ochko va zaxiradagi o‘yin bor. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Manchester Siti” 50 ochko jamg‘argan.
Fikrlar