Tuxel: Haydashdi, qo‘limdan hech narsa kelmadi!
“Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxel tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishga shoshilmayapti.
Germaniyalik mutaxassis rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Menga “Chelsi”da ishlash yoqayotgan edi, har bir kundan maroq olardim. Afsusku, bu juda erta yakunlandi.
Iste’foga chiqarishdi va men hech narsa qila olmadim. Murabbiy bo‘lib ishlar ekansiz bunaqa holatlarga tayyor turish kerak.
Hali kelajagim haqida aniq bir qarorga kela olganim yo‘q. Bir necha klublar menejerim bilan bog‘langan. Lekin men unga yaqin orada muzokara boshlamay turishini tayinladim, - dedi Tomas Tuxel.
“Aristokratlar” germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar