Tuxel ikki futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

  • 15.07.2021 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsum oldi tayyorgarligi boshlanmasidan avval ikki futbolchi - Ross Barkli va Ruben Loftus-Chikni sotib yuborishni talab qilmoqda.

Manbalarning ma’lum qilishicha, germaniyalik mutaxassisga bu ikki o‘yinchining harakatlari yoqmagan va kelasi mavsum ularni jamoada qolishini istamayapti.

Hoxircha, Ross Barkliga “Vest Xem”dan aniq taklif bor. Bu klub yarim himoyachi uchun 24 million funt to‘lashga tayyor.

Ruben Loftus-Chik esa, faoliyatini “Latsio” yoki “Lids”da davom ettirish imkoniga ega. Har ikki klub bu o‘yinchi uchun 12 million funt taklif qilyapti.

Agar ularni to‘liq transfer qilish amalga oshmasa, “Chelsi” ijara variantini qo‘llaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!