
Tuxel Lukakuga qanday maslahat berdi?
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘tgan yozda "Inter"dan 115 million evroga sotib olingan jamoa hujumchisi Romelu Lukakuga maslahat berdi.
"Romelu aynan Timo qilayotgan ishni qilishi kerak: kutishi, sabr qilishi, qattiq mehnat qilishi, jamoa manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishi, jamoaga yordam berishga tayyor bo‘lishi, chunki hujumchi soniyalar ichida hammasini hal qila oladi.
Hozir Timo o‘zini tarkibdan olib tashlashlarini qiyinlashtirmoqda. Men qoyil qoldim, u oxirgi ikki o‘yinda juda yaxshi o‘ynadi. Bu ikki o‘yinda u boshqalardan ko‘ra ancha ustun edi va nimaga qodirligini ko‘rsatdi.
Hamma asosiy tarkibni biz murabbiylar aniqlaymiz deb o‘ylaydi. Lekin yakunda, mashg‘ulotlar va o‘yinlarda maydonga tushib, ularni chetda qoldirmaslikka ishonch hosil qiladigan futbolchilar maydonga tushiriladi”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar