Tuxel: Men bu futbolchini yaxshi bilaman. Shuning uchun ham uni olmaymiz!

  • 23.01.2022 12:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel PSJdagi sobiq shogirdi Leven Kyurzavani transfer qilishdan  bosh tortdi.

“Chelsi” qanot himoyachisiga ehtiyoj sezayotganiga qaramay, germaniyalik bosh murabbiy Kyurzavani olishni istamadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Parij klubi “aristokratlar”ga murojaat qilib, bu futbolchini olishni so‘ragan. Biroq, avval PSJni boshqargan Tomas Tuxel bu transferni blokladi.

Tuxel o‘z qarorini bu o‘yinchini juda yaxshi bilishi va u jamoaga kutilgan daraja yordam bera olmasligini yaxshi bilishi bilan izohlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!