
Tuxel "Real" futbolchisini jamoaga olib kelmoqchi
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel rahbariyatga yozgi transfer rejalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mutaxassis saviyali markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashi kerakligini aytgan.
Murabbiy ayni paytda "Real Madrid" himoyachisi Eder Militaoni jamoa uchun munosib nomzod, deb hisoblamoqda. Uning kam maosh olishi ham germaniyalik mutaxassisga ma’qul kelgan.
Eslatib o‘tamiz, yozda "aristokratlar" himoyachilari Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen erkin agentga aylanadi. Shu bois, London klubi ularga o‘rinbosar qidirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Eder Militao joriy mavsum La Ligadagi 21 bahsda 1 gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Fikrlar