
Tuxelga kerak bo‘lmagan hujumchi "Chelsi"dan ketadi
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Mishi Batshuayi joriy yozgi transfer oynasi yopilgunicha jamoasini o‘zgartiradi.
Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 27 yoshli belgiyalik futbolchi "aristokratlar" ustozi Tomas Tuxelga kerak emas.
Xabarlarga qaraganda, Batshuayiga "Beshiktosh"dan jiddiy qiziqish mavjud. Shu sababli u faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirish ehtimoli yuqori.
Batshuayi o‘tgan mavsum "Chelsi" safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mishining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi. Uning ayni damdagi transfer narxi 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar