Tuxelning ketishiga sabab bo‘lgan Ronaldu haqidagi gapi oshkor bo‘ldi

  • 8 sentabr, 2022, 12:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelgan germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxelning iste’foga chiqarilgani kutilmagan qaror sifatida baholanmoqda.

Tecno

Manbalar “Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byolining bu qarorga kelishiga Tuxelning jamoaga Krishtianu Ronaldu olib kelinishiga qat’iy qarshilik qilgan sabablardan biri sifatida ko‘rsatilyapti.

Ma’lumki,   Todd Byoli Ronalduni “Chelsi”ga chaqirgan, lekin Tuxel o‘tgan  mavsumda “Manchester Yunayted”ni boshqargan hamyurti Ralf Rangnik bilan maslahatlashganidan keyin portugaliyalik yulduzni jamoasiga yaqinlashishini istamagan edi.

Bild nashri jurnalisti Kristian Falk “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoliga Tomas Tuxel Ronaldu haqida nima deganini aniqladi. Unga ko‘ra, germaniyalik murabbiy “Ronaldu kelsa, jamoaviy ruhni yo‘q qiladi” deb, katta transferga qarshilik qilgan ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!