
U-17 Osiyo kubogi. 2-turdan so‘ng guruhimizdagi holat bilan tanishing
Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin U-17 Osiyo kubogi-2025 "A" guruhidagi 2-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
Bu turda vakillarimiz Xitoy ustidan irodali g‘alaba erishgan holda, ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham muvaffaqiyatga erishishdi. Biz bilan birga, Saudiya Arabistoni ham ikki bellashuvda zafar quchgdi. Faqatgina biz to‘plar nisbati sabab, peshqadamlikni qo‘lga oldik.
Biz ushbu g‘alaba orqali Qatarda bo‘ladigan Jahon chempionatiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritganimizni ta’kidlash joiz.
2-tur uchrashuvlardan so‘ng guruhimizdagi holat bilan batafsil tanishing:
Fikrlar