Gvardiola shogirdiga ishonadi

  • 6 yanvar, 2021, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa etakchisi Kevin de Bryuyne yangi shartnoma bo‘yicha birinchi taklifni rad etganiga munosabat bildirdi.

- Men uning jamoada qolishiga aminman. Lekin men muzokara jarayoni qanday kechayotganini bilmayman. Sport  direktori bilan bu borada gaplashganim yo‘q. U Kevin bizga qay darajada kerak ekanini yaxshi biladi. Shuning uchun ham men xotirjamman, - dedi Gvardiola.

Kevin de Bryuynening jamoa bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.  29 yoshli futbolchi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va sakkizta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!