U qaerga boradi? "Bavariya"ga ishonchi yo‘qolgan Olise o‘ziga boshqa klub tanladi

  • 02.07.2026 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya»ning hujumkor futbolchisi Maykl Olise faoliyatini Madriddning «Real» jamoasida davom ettirish variantini jiddiy ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda. 

Ayni paytda Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etayotgan mahoratli o‘yinchi o‘zini Myunxen klubida deyarli barcha maqsadlarga erishib bo‘lgan, deb hisoblamoqda.

Bild nashri yozishicha, Olise «Bavariya» tarkibida Chempionlar ligasini muntazam yuta olishiga ishonmayapti. U yangi chaqiriqlar, yangi maqsadlar izlamoqda va shu orqali o‘yinni yanada rivojlantirishni istaydi. 

Shu boisdan ham «Real»ga o‘tish Maykl uchun juda jozibador yo‘nalish sifatida ko‘rilayotganini ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, Madriddning «Real» klubi avvalroq rasmiy bayonot berib, Olise bilan na bevosita, na bilvosita hech qanday muzokaralar o‘tkazilmaganini ma’lum qilgan edi. Ammo ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar futbolchi uchun taxminan 150 million yevro atrofida taklif bergan. «Bavariya» esa hozircha o‘z yulduzini qo‘yib yuborish niyati yo‘qligini bildirib, bu taklifni rad etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!