U qaytish arafasida! Zidan qaysi jamoani boshqarishi oydinlashib bormoqda

  • 8 aprel, 2022, 06:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan PSJ klubi bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda "France Bleu" nashri jurnalisti Fabris Xokins xabar bermoqda. 

Parij klubi rahbariyatining ayrim a’zolari Zidanning bosh murabbiy etib tayinlanishi Kilian Mbappeni jamoada olib qolishda yordam beradi, deb hisoblamoqda. 

23 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi. 23 yoshli goleador joriy mavsum 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol hamda 20 ta assist muallifiga aylangan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!