U shu erda qoladi!
“Bavariya” prezidenti Oliver Kan jamoaning eng zo‘r to‘purari Robert Levandovski kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelganini ma’lum qildi.
Ma’lumki, polshalik hujumchi mavsum yakunlangach, boshqa chempionatga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Robert dunyodagi eng zo‘r hujumchi. U yana bir necha yuqori saviyada o‘ynay oladi. Biz u bilan shartnomani uzaytirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. “Bavariya” Levandovskini saqlab qoladi, - dedi Oliver Kan.
Levandovskining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. Avvalroq, myunxenliklar uni 60 million evroga sotib yuborishi mumkinligi aytilgandi.

Fikrlar