
U uch superklubdan birini tanlashi kerak
“Inter”ning o‘yin uslubiga bos kelmagan Kristian Eriksenga grand klublardan chorlov bo‘lmoqda.
Iste’dodli pleymeyker milanliklar bosh murabbiyi Antonio Konteni o‘z mahoratiga ishontira olmadi. Bu o‘yinchi “Tottenxem”da o‘ynagan paytda Angliya premer-ligasining eng zo‘r yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi.
Hozir Kristian Eriksenni Evropaning grand klublari o‘z tarkibida ko‘rishni istayapti. Xususan, “Arsenal” uni yana ingliz futboliga qaytarmoqchi. Shuningdek, “Bavariya” va PSJ bosh murabbiylari ham daniyalik futbolchi jamoa o‘yinini kuchaytirishga qodirligini inobatga olib, uni o‘z safiga chaqiryapti.
“Inter” Eriksenni 30 million evroga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan.
Fikrlar