U19 O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi yig‘inni yakunladi

  • 15 iyun, 2020, 23:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Timur Kapadze boshchiligidagi 23 nafar futbolchidan iborat terma jamoamiz kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib bordi.

Tecno

MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Mirko Elichich ushbu yig‘in davomida murabbiylar shtabiga ko‘mak berib bordi.

Yig‘in yakunida terma jamoamiz vakillari Birinchi liganing “Neftgazmontaj” klubi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Asliddin Toshtemirov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda O‘zbekiston U19 vakillariga g‘alaba olib keldi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilgi U19 Osiyo chempionatiga Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlari mezbonlik qiladi. Chempionat bahslari avval belgilanganidek 14-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yurtimizda tashkil etiladigan ushbu musobaqa uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni o‘tkaziladi. Terma jamoamiz qur’a tashlash jarayonida turnir mezboni sifatida 1-savatchadan o‘rin oladi. Ushbu savatchada shuningdek Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Qatar mamlakati joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!