Uaylder: Jang Buyuk Britaniyada bo‘lsa, Joshua 30 mln dollar oladi

  • 29.05.2018 15:28
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniyalik promouter Eddi Xirn super og‘ir vazn toifasining WBC chempioni Deontey Uaylder ushbu vaznda WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua o‘rtasida Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan jang muzokaralari haqida ma’lumogt berib o‘tdi. Bokschilarning o‘zlari hozircha jangning qaysi davlatda o‘tishi borasida bir qarorga kelganicha yo‘q.

– Joshua boks tarixida men bilan AQShga kelib, jang o‘tkazib, 50 mln dollar oladigan ilk bokschi bo‘lishi mumkin. Agar jang Buyuk Britaniyada o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda Entoni 20 mln dollar kam oladi. Hozir barchasi pulga bog‘liq, – deya Uaylderning so‘zlarini keltiradi Fight Hub TV.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!