
Uchta grand osiyolik hujumchiga ko‘z tikmoqda
Angliya Premer-ligasining ikki mashhur klubi – “Manchester Yunayted” va “Arsenal”, shuningdek, Italiya chempioni “Napoli” yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar Li Kan Inni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Caught Offside nashrining yozishicha, ayni paytda PSJ a’zosi hisoblangan koreyalik futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan.
Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan parijliklar 24 yoshli hujumchini qo‘yib yuborishga rozi. Biroq buning uchun yaxshigina badal puli talab qiladigan bo‘lyapti.
Har uchala da’vogar Janubiy Koreya terma jamoasi o‘yinchisi atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. London klubi Parij klubi va futbolchi agentlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatdi.
Li Kan In PSJga 2023 yilning yozida “Malorka”dan ko‘chib sho‘tgan edi. O‘tgan mavsum osiyolik hujumkor futbolchi barcha turnirlarda 49 marotaba maydonga tushdi. Jami maydonda 2458 daqiqa harakat qilgan vinger o‘z hisobiga ettita gol va oltita assist rasmiylashtirdi.
Transfermarkt portali “Pari Sen-Jermen” bilan 2028 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnomaga ega Li Kan Inni 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar