
UEFA prezidenti Klopp va Gvardiolani "mot qildi"
UEFA prezidentining fikricha, Yurgen Klopp hamda Pep Gvardiola taqvimdan nolishi to‘g‘ri emas.
"Liverpul" va "Manchester Siti" klubi murabbiylari o‘yinlar soni ko‘pligiga e’tiroz bildirishgandi.
"FIFA va UEFAni taqvim qilish har doim oson, bu oddiy ish. Agar kamroq o‘ynasangiz, kamroq pul olasiz. Aslida, oyiga 1000 dollar oladigan zavod ishchilari ish soati ko‘pligidan shikoyat qilishi kerak", - dedi Cheferin "La Gazetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar