Ueyn Runi Angliya chempionati qoldirilgani borasida nimalar dedi?

  • 15 mart, 2020, 18:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Derbi Kaunti" forvardi Ueyn Runi koronavirus kasalligi keng tarqalgani uchun Angliya chempionati qoldirilgani borasida o‘z fikrlarini bidirib o‘tdi.

"Oxiri to‘g‘ri qarorni qabul qilishdi. Ha, Angliyada tajribali insonlar ishlashadi.

Boshqa mamlakatlarda nafaqat futbol, balki boshqa sport turlari masalan, tennis, Formula-1, regbi va golf musobaqalari qoldirildi. Bizda esa hamon davom etayotgandi.

Biz mavsumni to‘xtatishimiz kerak edi. Ba’zi odamlarga bu yoqmaydi, ammo bu holatda, futbol ikkinchi o‘rinda turadi. Bu shunchaki sport.

Agar insonlar hayoti xavf ostida bo‘lsa, chempionatdagi mavqeingizdan qat’iy nazar, birinchi o‘rinda sog‘liq turishi kerak. Agarda biz xavfsiz vaziyatda bo‘lsak, mavsum so‘nggigacha o‘ynashdan xursand bo‘lar edik.

2022 yilgi jahon chempionati noyabr va dekabr oylarida bo‘lishini inobatga olgan holda, 2019/20 yilgi mavsumni yakunlab, keyingi ikki mavsumni qishda boshlash kerak va shunda JChda ham muammo bo‘lmaydi," - dedi Runi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!