
UFC 249 turnirining taqdiri Donald Trampga bog‘liqmi?
AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yirik sport ligalari vakillari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tadi. Mazkur suhbat ishtirokchilari safidan UFC rahbari Dana Uayt ham o‘rin olgan.
Tramp sport ligalarining rahbarlari bilan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq muammolarni muhokama qiladi. Katta ehtimol bilan ushbu suhbatdan keyin UFC 249 taqdiri ham ma’lum bo‘ladi. Bu turnir hali bekor qilinmagan.
Bundan tashqari, WWE rahbari Vince McMan, shuningdek, NBA, WNBA, NHL, NFL, MLB, NASCAR va MLS mutasaddilari ham prezident bilan suhbatda bo‘lishadi.
Fikrlar