
UFC 249da yana bir Nurmagomedov jang qiladi
Rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov UFCdagi debyut jangini 18 aprel kuni Nyu-Yorkda o‘tkazadi.
UFC promousheni dog‘istonlik bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgan edi va uning dastlabki jangi qachonligini ham ma’lum qildi. U Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadigan kechada oktagonga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Umar Nurmagomedov hisobida 12 ta g‘alaba bor. U bungacha, Fight Nights Global, PFL, GFC promoushenlarida o‘z janglarini o‘tkazgan.
Fikrlar