UFC Arman Tsarukyangа nima uchun Topuriya yoki G’etjini emas, Usmon Nurmagomedovni berishi mumkin?

  • 29.09.2026 16:46
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik taniqli MMA ustasi Usmon Nurmagomedov UFC dagi debutida promoushen yulduzi Arman Tsarukyangga qarshi oktagonga chiqmoqchi.

"UFC bu jangni tashkilashtira oladi. Chunki Arman boshqa kim bilan ham jang qilardi? Agar UFC rahbari Topuriyaning Armanni mag‘lub eta olishiga kamida 30 foiz ishonch hosil qilganida, allaqachon bu bahsni uyushtirgan bo‘lardi. Lekin Iliya ular uchun oltin tuxumlar olib keladi, shuning uchun hozircha bunday qilishmaydi.

Shuningdek, Pimblett ham UFC ning arzandasi. Sarlavhalarda va jangni sotish uchun, Usmon Nurmagomedov har qanday UFC jangchisiga qarshi yaxshi jang bo‘ladi. Aynan Armanga qarshi to‘qnashuvim - yaxshi sotiladi", - dedi rossiyalik Komil Gajiyev bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Usmon Nurmagomedovning PFL bilan amaldagi shartnomasi tugagan. Endi sportchi qaysi ligada ishtirok etishi yil oxirida aniq bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!