UFC jangchisi: “Movsar Evloev chempionlik jangiga haqli — u hali mag‘lub bo‘lmadi”
Amerikalik UFC jangchisi Xose Delgado UFC ning yarim engil vazn toifasida ishtirok etayotgan, rossiyalik Movsar Evloevga titul jangi berilishi kerakligini aytdi.
“Evloev unchalik yorqin jangchi emas, lekin adolat nuqtayi nazaridan u, albatta, chempionlik jangini olishga haqli. U hali mag‘lub bo‘lmadi. Xuddi shu gapni Leron Myorfiga nisbatan ham aytish mumkin — uning harakatlari tomoshabop emasligi bois doim soyada qolib ketadi” — dedi Delgado "Home of Fight" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Movsar MMA dagi professional faoliyatini 2014 yilda boshlab, 2019 yilda UFC ga kelib qo‘shilgan. U so‘nggi bor "UFC 310 " turnirida Aldjameyn Sterlingga qarshi oktkagonga ko‘tarilib, yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchgandi.
Fikrlar
качонгача чечен итлари буйсуниб юраверади?