
UFC jangchisining fikri o‘zgardi. U yana jang qilmoqchi!
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempionligiga davogar Kevin Li MMA ga qaytishini e’lon qildi.
“Men nafaqadan qaytaman. Men MMA da yana jang qilmoqchiman. Qaerda, qachon va kim bilan ekanligini hali bilmayman, lekin men allaqachon mashq qilishni va vazn yo‘qotishni boshladim. Hozir men formaga kirishga to‘liq e’tibor qaratganman. Ketganimdan olti oy o‘tdi va men janglarni juda sog‘indim”, – deb yozadi amerikalik o‘zining X sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Li o‘tgan yilning iyul oyida Rinat Faxretdinovdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng kutilmaganda sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. 31 yoshli amerikalik jangchi MMA dagi faoliyati davomida 19 g‘alaba va 8 mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar