
UFC prezidenti: Eng zo‘r jangchilar orasida Habib va Konorga joy yo‘q
UFC prezidenti Dana Uayt aralash jang san’atlari tarixidagi to‘rt nafar eng zo‘r jangchi kimligini e’lon qildi.
- Agar eng zo‘r jangchilarni tilga olsak, birinchisi bu Roys Greysi. Bu jangchi 90-yillar boshida UFC turnirlarining ilk g‘oliblaridan. Ayollar o‘rtasidagi eng yaxshi jangchi Amandu Nunes. Yana ikki kishini tanlay ancha qiyin. Lekin ulardan biri mag‘lubiyat nimaligi bilmaydigan Jon Jons. To‘rtinchi o‘ringa Chak Liddellni qo‘ygan bo‘lardim, - dedi Dana Uayt.
Dana Uayt eng zo‘r jangchilar qatoriga MMA yulduzlari Habib Nurmagomedov va Konor Mak Gregorni qo‘shmadi.
Fikrlar