UFC. Saidyoqub Qahramonov Adashev bilan bir oqshomda jang qiladi

  • 11 dekabr, 2021, 15:21
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonovning (9-2) navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Hamyurtimizning jahonning eng nufuzli promoushenidagi 2-jangi 2022 yilning 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

AQShning Las-Vegas shahrida tashkil qilinuvchi UFC Fight Night turnirida yurtdoshimizga mezbonlar vakili Brayan Kellexer (23-12) raqiblik qiladi. 

saiday

Ma’lumot uchun, o‘ta engil vazn (61.2 kg) toifasida faoliyat yuritayotgan Qahramonov UFCdagi debyutini 21 avgust kuni Trevin Jonsga qarshi o‘tkazib, "gilotina" uslubi bilan raqibini mag‘lub etgandi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu oqshomda yana bir hamyurtimiz Zarruh Adashev Kleydson Rodrigesga qarshi o‘z janggini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!