UFC Xabib Nurmagomedovning Konor bilan jang mobaynida suhbatlashgan videosini taqdim etdi

  • 19 aprel, 2020, 16:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC matbuot xizmati Instagram tarmog‘i orqali rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovning janglar davomida raqiblari bilan suhbatlashgan videolavhani taqdim etdi.

Instagram postidagi birinchi qismda 2016 yilgi Maykl Jonsonga qarshi jangdagi holat va raundlar oralig‘ida Nurmagomedov  Dana Uayt bilan suhbatlashishga urinayotgan jarayon havola etilgan.

Navbatdagisi esa, UFC 229 turnirida irlandiyalik Konor MakGregorga qarshi jang mobaynida Nurmagomedov zarba berish orqali raqibdan u nima uchun jang paytida matbuot anjumanlaridagi kabi gaplasha olmasligini aniqlashga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!