
Uilfrid Zaa: Mening "sinishim"ga Fergyuson sababchi bo‘lgan
"Fergyusonning jamoadan ketish qarori mening "sinishim"ga sabab bo‘lgan. Uning ketishini umuman xayolimga keltirmagandim. Meni "Manchester Yunayted"ga o‘tishga aynan u ko‘ndirgan edi. U mendan qanday foydalanishini ham aytmagan. U pozitsiyam uchun kurashishim lozimligini aytdi. O‘sha vaqtlarda men Denni Uelbek va Tom Kleverli kabi yosh, iste’dodli futbolchilar bilan raqobat olib borishim kerak edi.
Biroq kutilmaganda "Fergi" faoliyatini yakunlaganini e’lon qilib qoldi. Aytingchi, kim menga imkon berardi?", - deydi kot-d'ivuarlik futbolchi.
Fikrlar