Ukrainaning 2-raketkasi antidoping qoidabuzarlik uchun diskvalifikatsiya qilindi

  • 8 yanvar, 2021, 14:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ukrainalik tennischi Dayana Yastremskaya antidoping qoidabuzarligi uchun diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda ITF rasmiy sayti xabar berdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Dayananing 2020 yil 24 noyabr kuni topshirgan doping-sinamasidan taqiqlangan mesterolon metabolitlari aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Yastremskaya WTA reytingida 29-pog‘onani egallab turibdi. U faoliyati davomida 3 WTA, 3 ITF turnirida yakkalikda va 3 ITF turnirda juftlikda g‘olib bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!