Ular “Chelsi”ni kuchaytiradi

  • 31 oktabr, 2021, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumdan so‘ng “Chelsi” himoya chizig‘i to‘liq yangilanishi kutilmoqda. Antonio Ryudiger klub rahbariyati bilan yangi bitim bo‘yicha kelisha olmadi. 27 yoshli Tyago Silva erkin agent sifatida Braziliyaga qaytib ketishi kutilmoqda.

Markos Alonso, Andreas Kristensen va Sesar Aspilikuetaning ketishi haqida ham xabarlar ko‘p tarqatilmoqda.

Tomas Tuxel  bu himoyachilarning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan charm to‘p ustalari ro‘yxatini klub rahbarlariga taqdim qildi. Unga ko‘ra, “aristokratlar” yozda “Yuventus”dan Matteys de Ligt, “Sevilya”dan Jyul Kunde va “Vilyarreal”dan Pau Torresni transfer qilishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!