Ular yana Germaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin

  • 1 dekabr, 2020, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov terma jamoaga Tomas Myuller, Jerom Boateng va Mats Xummelsning qaytishi mumkinligini aytgan. Bu haqda sport1.de xabar tarqatmoqda.

Lyovning Germaniya futbol ittifoqi rahbariyati bilan uchrashuvi davomida ushbu masala ham ko‘tarilgan. Mutaxassis tarkibdagi futbolchilarning tez-tez jarohat olayotgani sabab yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilarni yana jamoaga qaytarishga tayyorligini bildirgan.

Myuller, Boateng va Xummels so‘nggi bor Germaniya terma jamoasi safida 2018 yilning kuzida maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!