Ularga yordam beramiz! - "Betis" "Barselona"ning ikki hujumchisini kuzatmoqda

  • 8 yanvar, 18:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Betis" Ansu Fati va Pau Viktorni "Barselona"dan ijaraga olishi mumkin. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Fatining agenti Jorje Mendesh vingerni "Betis," "Jirona" va "Valensiya" klublariga taklif qilgan.

Tecno

"Barselona" bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatgan Andalusiya klubi Fatining mavsum oxirigacha ijara variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, ispaniyalik futbolchiga APLning bir nechta klublaridan qiziqish bor.Agar "Barselona" Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkaza olsa, u Kataloniya klubini ushbu transfer oynasida tark etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, "Betis" Pau Viktor bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Agar Blaugrana klubi hujumchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmasa, "Betis" unga ijara huquqini berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!