Ulug‘bek Baqoev: Kimnidir xafa qilmoqchi emasdim

  • 6 avgust, 2022, 22:02
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 14-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Toshkent klubi safida gollar Sobirxo‘jaev va Cheran nomiga qayd etildi. Mezbonlar tarkibida Kolakovich va Norxonov gol muallifi bo‘ldi. 

Uchrashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoevning fikrlari bilan tanishing:

- Ko‘rdingiz, o‘yinni yomon boshladik. Bilmadim, bu nima bilan bog‘liq. Tezkorlik bilan ikkita gol o‘tkazib yubordik va o‘yinni qutqarish kerak edi. Zudlik bilan 3 ta o‘zgarish amalga oshirdim. Mazkur qarorim bilan kimnidir xafa qilmoqchi emasdim. Ba’zida futbolda bunaqasi bo‘lib turadi. Shunga qaramay, biz o‘yinni qutqarib qoldik. Yigitlarni tabriklayman. Ular so‘nggi daqiqalargacha kurashdi. Shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham rahmat.

- Dastlab, o‘yinga moslasha olmadik. Biroz bo‘shroq harakat qilganimiz uchun ikkita gol qabul qilib oldik. "Paxtakor"dek jamoaga qarshi bunaqa o‘ynab bo‘lmaydi. Unutmasligingiz kerak, biz amaldagi O‘zbekiston chempioniga qarshi to‘p tepdik. Ular juda ham kuchli va sifatli ijrochilarga ega. Bunday jamoaga qarshi bellashuvda 2:0 hisobida yutqazayotgan paytimizda muvozanatni tenglashtirib, ochko ishladik. "Paxtakor" esa ochko yo‘qotdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ганишер
06/08/2022 22:58
Нохақ пенальти булди, уша вазиятда туп қулга тегмаганди.
&
● 10 ●
07/08/2022 09:09
Кулига тегмаса, кутига теккандир. Курмисан.
&
● 10 ●
07/08/2022 09:10
НУ ТЫ ГЕРОЙ БАКАЕВ.