Ulug‘bek Baqoev: "O‘yinimiz "o‘xshamaganini" hayajon bilan bog‘lagan bo‘lardim"

  • 3 mart, 2022, 22:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

"Avvalo barchani mavsum starti bilan tabriklayman! O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, 1-tur bo‘lgani bois “Bunyodkor”da ham, bizda ham hayajon sezildi. Nimadir o‘xshadi, nimadir yo‘q. Biroq ikki jamoa ham ochko oldi.

Fikrimcha, natija adolatli bo‘ldi. Ikkala jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. O‘yinimiz “o‘xshamaganini” hayajon bilan bog‘lagan bo‘lardim. Birinchi 5 ta turda bunday holat bo‘lib turadi. Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Oxirgi daqiqalarda gol urib ketishimiz mumkin edi. Ruhiy tomondan ishlashimiz kerak", - dedi Baqoev.

"Bunyodkor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!