
Ulug‘bek Baqoev: "Penaltilar seriyasiga ham tayyormiz"
Ertaga bo‘lib o‘tadigan OFK Kubogi doirasidagi “Xo‘jand” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi oldidan jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev va darvozabon Milan Mitrovich matbuot anjumanida qatnashdi.
Ulug‘bek Baqoev: - Hammaga hayrli kun. Biz O‘zbekiston Superligasida so‘nggi o‘yinimizni g‘alaba bilan yakunladik. Futbolchilarimizning kayfiyati a’lo darajada. Biz ertangi o‘yinga tayyormiz.
Ertangi bahsga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Xo‘jand” jamoasi tarkibi yosh futbolchilardan tashkil topgan, tajribali futbolchilardan iborat, shuningdek, “Xo‘jand” jamoasi o‘z uyida o‘ynaydi. Biz ertaga soat 15:30 da o‘ynaymiz va maksimal darajada o‘ynab keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz.
Vitaliy Denisov professional va yuqori saviyada o‘ynaydigan futbolchi. Jamoamizning bir necha o‘yinlarida “So‘g‘diyona” g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Biz ob-havo haqida gapirdik. Har qanday jamoa, farqi yo‘q, qanday darajada bo‘lishidan. Ikkala raqiblarning ham imkoniyati tenglashadi. Bunday iqlimga o‘rgangan jamoada imkoniyat yuqoriroq bo‘ladi. Ertangi o‘yinda har bir jamoa g‘alaba qozonishni istaydi. Biz ertaga keyingi bosqichga chiqish uchun maydonga tushamiz.
Ko‘p sonli muhlislar o‘yinni penaltilar seriyasigacha borishini xohlashadi. Lekin bu futbolchilar va murabbiylarga qiyin vaziyat. Biz penaltilar seriyasiga ham tayyormiz.
Milan Mitrovich: Hammaga hayrli kun. Uchrashuv bir o‘yindan iborat bo‘lganligi uchun juda qiyin kechadi. Biz ertaga soat 15:30 da o‘ynaymiz issiq havo lekin o‘yinga tayyormiz.
“So‘g‘diyona” matbuot xizmati.
Fikrlar